Malayziya taşqi işlar vaziri Anifa Omon Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASeAN) raisining Myanma ğarbida istiqomat qiluvçi rohingya musulmonlari atrofidagi gumanitar inqiroz böyiça bayonotini tanqid qildi. "Hujjat haqiqiy vaziyatni notöğri körsatmoqda", - deya idora rahbarining sözlarini keltiradi Star gazetasi.
"Malayziya hukumatining röy berayotgan vaziyatdan taşvişda ekanligi rais (Filippin TIV) bayonotida aks ettirilmagan", - deya ta'kidlab ötdi u. Uning sözlariga köra, hujjatda faqatgina “Rakxayn ştatidagi gumanitar vaziyat” haqida söz yuritiladi, biroq rohingyalar tilga olinmagan. Vazir bu ştatdagi vaziyatni “ildizlari tarixga borib taqaluvçi xalqlararo muammolarning murakkab kompleksi” kabi körsatiluvçi bayonotlarga yöl qöyib bölmasligini aytdi. ASeAN'ga a'zo davlatlar TIV rahbarlarining BMT Boş Assambleyasi doirasida ötkazilgan uçraşuvida qilingan bayonotda “Myanma hukumatining mamlakat ğarbida zöravonlikni töxtatişga qaratilgan sa'y-harakatlari ma'qullanişi” ta'kidlanadi.
Assotsiatsiyaga Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin a'zo davlatlar sifatida kiradi.
Anifa Omonning ta'kidlaşiça, Kuala-Lumpurda 25 avgust kuni “Rohingyalarni qutqariş böyiça Arakan armiyasi” harakati jangarilari tomonidan harbiylarga uyuştirilgan hujum qoralanadi. Biroq, uning sözlariga köra, hukumatning bundan keyin amalga oşirgan “tozalaşlari” köplab tinç aholi vakillarining halokatiga, şuningdek, yuz minglab odamlarning boşqa davlatlarga qoçib ötişiga sabab böldi hamda buni avval yuz bergan holat bilan soliştirib bölmaydi. Malayziya “keng kölamli gumanitar inqirozga sabab bölgan bunday vahşiyliklardan jiddiy taşvişda, va jahon hamjamiyati unga e'tibor qaratmasligi mumkin emas”, - deya ta'kidlab ötdi TIV rahbari. "Şuningdek, biz Myanma hukumatidan zöravonlikni darhol töxtatiş va ehtiyojmandlarga gumanitar yordamni olişga imkon berişini talab qilamiz", - deya qöşimça qilgan vazir.
















