Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti: Iroq Kurdistonidagi referendum beqarorlik o‘sishiga olib keladi
25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida mustaqillik uchun bo‘lib o‘tgan referendum beqarorlik o‘sishiga olib keladi va aholi sharoitini qiyinlashtiradi. AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Hizer Nauert bayonotida shunday deyiladi:
“Qo‘shma Shtatlarning Iroq Kurdistoni xalqi bilan tarixiy munosabatlari bugungi majburiy kuchga ega bo‘lmagan referendum natijasidan qat'inazar o‘zgarmaydi. Ammo bizning fikrimizcha, ushbu qadam beqarorlik o‘sishiga olib keladi va mintaqa hamda aholi holatini qiyinlashtiradi”.
Nauertning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh Iroq Kurdistoni mahalliy hukumatining,xususan Iroq Kurdistoniga kirmaydigan hududlarda ham referendum o‘tkazish qaroridan afsusda”.
“Referendum Iroq Kurdistoni muxtor viloyatining Iroq hukumati va qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarini taranglashtiradi, - deyiladi davlat departamenti bayonotida. – Bizningcha, barcha tomonlar barcha iroqliklarning ahvolini yaxshilash maqsadida amaliy muloqotda ishtirok etishlari kerak. Qo‘shma Shtatlar chegaralar o‘zgarishiga qaratilgan zo‘ravonlik va har qanday tomonning bir tomonlama qadamlariga qarshidir”.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026