SAVOL: Mehnat ta'tilidagi xodim muayyan vaqtga kasalligi tufayli ta'til davrida kasallik varaqasi oçdirdi, oylik iş haqi qanday hisoblanadi?

Abduzuhur Uskanov

JAVOB: Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasida  ta'tilni uzaytiriş yoki uni boşqa muddatga köçiriş berilgan bölib, mazkur moddaga köra xodim vaqtinça mehnatga qobiliyatsizlik davrida ta'tilni uzaytiriş yoki boşqa muddatga köçiriş huquqiga egadir.

Bunda ta'tildan foydalanişga tösqinlik qiluvçi sabablar ta'til boşlangunga qadar kelib çiqqan bölsa, xodim bilan iş beruvçi örtasidagi kelişuvga binoan ta'tildan foydalanişning yangi muddati belgilanişi hamda bunday sabablar ta'til davrida kelib çiqqan hollarda ta'til tegişli kunlar soniga uzaytirilişi yoki xodim bilan iş beruvçining kelişuviga binoan ta'tilning foydalanilmay qolgan qismi boşqa muddatga köçirilişi mumkin.

Xodim ta'tildan foydalanişga tösqinlik qiluvçi sabablar töğrisida iş beruvçini xabardor qilişi şart.

Agar xodim belgilangan muddatda ta'tilning boşlaniş vaqti töğrisida öz vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga ta'til boşlangunga qadar ta'til vaqti uçun haq tölanmagan bölsa, ta'til xodimning arizasiga muvofiq boşqa vaqtga köçiriladi.

Savolga huquqşunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.