Turkmaniston poytaxti Aşxobodda 17-27 sentabr kunlarida bölib ötgan usti yopiq inşootlardagi Osiyo Öyinlarida Özbekiston vakillari kutilgan natijani körsata olmadi.
Özbekiston delegatsiyasi yakuniy jadvalda Turkmaniston, Xitoy, Eron va Qozoğiston delegatsiyalaridan ortda qolib, beşinçi örinni egalladi.
Özbekistonlik sportçilar turnirda jami 131ta medal qölga kiritişdi. Bu qölga 244ta medal olgan Turkmanistondan keyin ikkinçi körsatkiç hisoblanadi, lekin Özbekiston medallar sifati (24-33-74) böyiça yaxşi natija körsata olmadi, oltinlar borasida beşinçi natija qayd etildi.
Turkmaniston 89ta oltin bilan peşqadam böldi, Xitoy 40ta, Eron 35ta, Qozoğiston 28ta oltin medal oldi.


















