25 sentabr kuni Iroq şimolida kurdlar mustaqilligi uçun referendum ötkazildi. Saylovda qatnaşganlarning 90 foizdan ortiği Kurdiston Bağdoddan mustaqil bölişi uçun ovoz berdi. Referendumning yakuniy natijalari bugun, 28 sentabr kuni e'lon qilinişi kutilmoqda.

AQŞ, Buyuk Britaniya va Yaqin Şarqda IŞID jangarilari bilan kuraş olib borayotgan xalqaro koalitsiya kurdlardan referendumni yana 2 yilga ortga surişni söragandi. Ammo Iroq Kurdistoni rahbari Masud Barzoniy endi juda keç bölganini ma'lum qildi.

Bu hodisalardan keyin Yaqin Şarqda beqarorlikning yangi tölqini boşlanişi mumkin.

Iroq Kurdistoni mustaqil davlatga aylanadimi?
Iroq kurdlari XX asr boşida Usmoniylar imperiyasi qulagaç, mustaqil davlat böla olmadi. Birinçi jahon uruşi yakunlariga köra, tarixan kurdlar istiqomat qilib kelgan hududlar 4 davlat: Turkiya, Eron, Iroq va Suriya örtasida bölib olindi. Lekin kurdlar bu davlatlar içida birikkan holda yaşadi va etnik köpçilikni taşkil qila olişdi. Kurd millatparvarlari etnik köpçilikni taşkil qilgan millat alohida davlat tuzişi kerak, deb hisoblamoqda.

Hozirça mustaqillik referendumi faqat Iroq Kurdistonida, Iroqning muxtor hududidagi kurdlar tomonidan ötkazildi. Hozirça gap boşqa davlatlardagi kurdlar bilan birlaşib alohida davlat tuziş haqida ketmayapti.

Fotoreportaj. Iroq Kurdistonida mustaqillik referendumi

Mustaqillik referendumi ğoyasi qaçon paydo bölgandi?

Foto: AFP

Iroqda kurdlarning muxtor tumani ötgan asrning 70-yillarida paydo bölgan. 1970 yil martida kurd muxoliflari va Iroq hukumati örtasida sulh tuziladi. Ammo kelişuv amalga oşmaydi, 1974 yilda Iroq şimolida kurdlar va arablar örtasida yana qonli töqnaşuvlar boşlanib ketadi. Bundan taşqari, ötgan asrning 80-yillarida Eron va Iroq uruşi bölib ötib, Iroq Kurdistonida tabiiy resurslar hamda aholi yanada qisqaradi. 

Saddam Husayn davrida kurdlar yaşaydigan hududlarda arablaştiriş siyosati olib boriladi, yuz minglab kurdlar öldiriladi. 

Ötgan asrning 90-yillari boşida Fors körfazi uruşiga tayyorlanayotgan amerikaliklar Iroq Kurdistonidan platsdarm sifatida foydalanişni maqsad qiladi. Şu bilan birgalikda AQŞ tobora taraqqiy etayotgan Turkiya va Iroq jilovini tutib turişni istaydi.