Bugun 777 dan iborat, Toşkent şahriga tegişli uçta avtomobil raqami avtoraqamlar onlayn auksioniga qöyilgandi.

Jumladan, 14 mln. 977 ming 500 söm boşlanğiç narx bilan savdoga qöyilgan 01 E 777 AB raqami 73 mln. 839 ming 75 sömga, 01 D 777 AB raqami esa — 73 mln. 389 ming 750 sömga sotilgan edi.

Nihoyat bu borada ham rekord örnatildi. 01 S 777 AB avtomobil raqami auksionda 81 million 926 ming 925 sömga pullandi.

Bu esa Markaziy bank rasmiy kursi bilan 10 ming AQŞ dollaridan ziyodroq summani taşkil etadi yoki yurtimizda işlab çiqarilayotgan ba'zi avtomobillar bahosiga teng.