Hindiston mudofaa vaziri Nirmala Sitxamaran vazirlikning mamlakat harbiy-dengiz kuçlari uçun Rossiyaning "Kalibr" qanotli raketalarining eksport versiyasi Club-N’ni xarid qilmoqçiligini e'lon qildi. 

"Klub"larni avvalgi seriyadagi "Kora" sinfidagi raketa korvetlariga va "Dehli" sinfidagi fregatlarga örnatiş rejalaştirilmoqda. Yangiroq kemalarni esa "BraMos" raketalari bilan jihozlaş möljallanmoqda, deb xabar berdi India Today naşri. 

Hindistonda bunday raketa majmualariga ega kemalar bor, bular: Rossiyada qurilgan "Talvar" turidagi fregatlar va Hindistonda "Talvar" negizida qurilgan "Şivalik" turidagi fregatlardir.  

Avvalroq Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik masalalari böyiça yordamçisi Vladimir Kojin "Kalibr" raketalari Suriyada bir neça bor muvaffaqiyatli qöllangandan keyin ularga talab oşganini ma'lum qilgandi.

Ta'kidlanişiça, xorijiy xaridorlar, şuningdek, Rossiyaning Club-N va Club-S (suv osti kemalari uçun) raketalari örnatilgan kemalariga qiziqiş bildirişmoqda.