Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 772-son qarori bilan Davlat yonğin xavfsizligi xizmatining yonğin xavfsizligi inspektorlarini, şuningdek, yonğinlarni öçiriş bölinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatçilarini pul mukofoti bilan taqdirlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Örnatilişiça, yuksak kasb mahoratini namoyiş qilayotgan va yonğinlarning oldini oliş hamda öçirişga salmoqli hissa qöşayotgan xodimlar quyidagi tartibda rağbatlantiriladi:
• yonğin xavfsizligi inspektorlari - har çorak yakuni böyiça biryöla pul mukofoti bilan;
• yonğinlarni öçiriş bölinmalarining safdorlar tarkibi va xizmatçilari - yil yakunlari böyiça biryöla pul mukofoti bilan.
Yonğin xavfsizligi xizmati xodimlari ularning işini tasdiqlangan mezonlarga asosan baholaş natijasida mukofotlanadi. Ularning kasbiy yaroqliligi IIV tomonidan işlab çiqilgan reyting tizimi asosida baholanadi. Bunda moddiy taqdirlaşning ikki toifasi közda tutilgan:
• 1-toifa – lavozim maoşining 100%i miqdorida;
• 2-toifa – lavozim maoşining 50%i miqdorida.
Yongin xavfsizligi bölimlari (bölinmalari) boşliqlarining bildirgilari buyruq çiqariş uçun asos hisoblanadi. Buyruqning matni taqdirlaşga tavsiya etilgan xodimning bajargan işining asoslangan bahosini, taqdirlaş uçun asosni hamda uning toifasini öz içiga oladi.
Hujjat 28.09.2017 yilda kuçga kirdi.

















