Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi bayoni bilan oliy ta'lim muassasalari uçun 2018/2019 öquv yilida sirtqi ta'lim şaklida bakalavrlar tayyorlaş böyiça jami 14 050 ta qabul kvotalari tasdiqlangan edi, deb xabar bermoqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati.

Respublikadagi 52 ta oliy ta'lim ta'lim muassasalarining sirtqi bölimiga 135 280 nafar abituriyent hujjat topşirdi. Tanlov körsatkiçi respublika böyiça bir öringa örtaça 10 tani taşkil etdi.

Abituriyentlar tomonidan quyidagi oliy ta'lim muassasalariga eng köp hujjat topşirilgan:

Andijon davlat universiteti - 8181 nafar;
Samarqand davlat universiteti - 7776 nafar;
Qarşi davlat universiteti – 7725 nafar.

Eng katta konkurs quyidagi oliy ta'lim muassasalarida qayd etildi:

Toşkent davlat pedagogika universiteti – bir öringa 24,1;
Andijon, Qarşi, Farğona davlat universitetlari, Qöqon davlat pedagogika instituti – bir öringa 17;
Jizzax davlat pedagogika institutida – bir öringa 16.