2017 yilning 2 oktabr kuni Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga taşrif buyurgan BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining din va e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahidni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekistonning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va uning ixtisoslaştirilgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş töğrisida batafsil söz yuritildi.

Uçraşuvda BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi maxsus ma'ruzaçisining mandatiga kiradigan mavzular böyiça hamkorlik masalalariga asosiy e'tibor qaratildi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning hozirda dolzarb muammolarni hal qilişga qaratilgan diniy sohadagi xalqaro taşabbuslari töğrisida Ahmad Şahidga batafsil ma'lumot berildi.

Suhbatda özaro tuşuniş tamoyillariga asoslangan konstruktiv muloqotni davom ettirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.