Buyuk Britaniyalik taniqli biznesmen, milliarder va Virgin Group asosçisi Riçard Brenson Saudiya Arabistonida 50 oroldan iborat sayyohlik loyihasiga sarmoya kiritiş xohişini bildirdi. Bu haqda Birlaşgan Arab Amirliklarida çop etiladigan The National jurnali yozmoqda. 

Saudiya Arabistoni axborot vazirligiga köra, Brenson uşbu yirik sayyohlik loyihasida iştirok etişga qiziqiş bildirgan ilk xorijiy sarmoyadordir. Uning umumiy uzunligi 200 kilometrni taşkil etadi.

Saudiya Arabistoni hukumati rejalariga köra, bu loyiha 35 ming iş örni barpo etiş imkonini beradi va podşohlik iqtisodiyotini diversifikatsiya qilişda qöl keladi. Quriliş işlari 2019 yilda boşlanadi, uning ilk bosqiçi 2022 yili yakunlanadi. 

Avvalroq, Riçard Brensonning Virgin Group kompaniyasi saytidagi blogida Saudiya Arabistoniga safari haqida xabar paydo bölgandi. U mazkur safari çoğida uşbu sayyohlik loyihasi bilan tanişgan. 

"Bizni Qizil dengizga olib borişdi, u yerda ulkan qumloq orolni çiroyli sayyohlik maskaniga aylantiriş loyihasi işga tuşirilgan", — deb yozgan milliarder. 

Saudiya Arabistoni avgust oyida mamlakatda yangi sayyohlik mintaqasi taşkil etiş loyihasi haqida e'lon qildi. 

Merosxör şahzoda Muhammad bin Salmon Al Saudning sözlariga köra, dam oliş maskani Qizil dengizdagi 50 ta tabiiy orolda barpo etiladi.