Öz ustida işlaşdan töxtamayotgan marğilonlik oşpaz Muhammadali Hayitboyev navbatdagi rekordni örnatiş uçun 2 ming litrlik şörva tayyorlaşga qaror qildi.
23 yoşli uşbu oşpaz maqsadiga yetişiş uçun 300 kg göşt, 100 kg suyak, 50 kg mol yoği, 100 kg piyoz, 6 kg tuz, 16 kg qizil va kök bolgar qalampiri, 10 kg pomidor, 500 gram sarimsoq piyoz, 400 gr zira, 500 gr qizartirgiç, 300 gr kaşnuç, 200 gr zirk, 200 gr murç hamda 2 ming litr suvdan foydalangan.
«Rekord bahona Muhammadali Hayitboyev xalqimizning mehr oqibat, saxovatpeşalik urflarini köz-köz qilmoqda. Ana şunday orzu havaslar uşalanayotgan yurt fayzga töla, barakaga esa bisyor bölib boraveradi», deya yozadi farğonalik muxbir Ahror Ziyo.



Eslatib ötamiz, 23 yoşli Muhammadali Hayitboyev 15 sentabr «Atlas bayrami» festivalida 2 tonnalik oş tayyorlagan edi.

















