Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik polvon jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: 24.kg
Qirg‘izizstonlik pauerlifter jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bergan sportchining murabbiyi Rustam Mambetov 24.kg’ga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida pauerlifting va alohida mashqlar bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilgan. Unda butun jahondan 3,2 ming sportchi, jumladan, Qirg‘izistondan 4 nafar sportchi ishtirok etgan.
Jahonning uch karra chempioni va jahon rekordchisi 18 yoshli Botirxon Muhametov (56 kg.gacha vaznda) «tineyjyerlar» va «ochiq klass» toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Yotgan holda jim qilishda u 147.5 kilo toshni ko‘tarib, eng yaqin ta'qibchisini 52 kiloga ortda qoldirgan va jahonning yangi rekordini o‘rnatib, mutlaq chempioniga aylangan.
Bundan tashqari, Botirxon Muhametov, Zaur Kurdanov va Radik Kaleyev «xalqona jim» toifasida ham chiqish qilishgan va ularga yetadigani topilmagan.
«Umuman olganda polvonlarimiz 12ta oltin va 1ta kumush medal va jahon chempionatining mutlaq hisobidagi 4ta kubogini qo‘lga kiritishdi. Bu milliy pauerliftingning misli ko‘rilmagan va tarixiy g‘alabasidir, — degan Rustam Mambetov. — Muhametov eng yaxshi jim bajaruvchi bo‘ldi, men esa eng yaxshi murabbiy deb topildim».
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026