Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Farğona viloyati bölimi muassisligidagi «Olam aro» jurnalining navbatdagi sonlari mavzusi muhokama qilinayotgan edi. Boş muharrir Sevara Alijonova gap orasida köçmançi arab–beduinlar va Iordaniya Podşohligidagi qadim Petro şahri haqida gapirib qoldi. Sayohat va sarguzaştlarning aşaddiy işqibozi bölmiş kamina uçun şu gapning özi yetarli edi. Men xarita titib, Petroga eng qulay va yaqin yöl izladim. Bu Misr orqali yöl edi. Elçixonadan viza olişga ketgan 3-4 kunni ham qöşganda bir hafta ötmay Qohiraga yetib bordim.

Misr sirli, sehrli diyor. Har gal uning şahar-u qişloqlarini hayrat bilan kezaman. Mahalliy kişilar bilan arab qahvasidan içib, çilim tortib, suhbatlaşişning gaşti özgaça. Bu yerning tub xalqi tarixda ne-ne azobli kunlarni boşdan keçirmadi, deysiz. Eramizdan avvalgi 3 minginçi yillarda fir'avnlar kuç-qudratga tölib, 80-100 ming odamni işlatib, dunyoning eng uzun va sersuv daryosi böyidagi Giza vodiysida birin–ketin piramidalar qura boşladilar. Ular öşa davrda ham, hozirda ham mahobati ila inson aql-u zakovati, qudratiga qöyilgan mangu haykal bölib turibdi.

Piramida aslida fir'avn uçun xilxonadir. Fir'avnlar bu yoruğ olamdan köz yumgaç, juda katta boylik – oltin qoplangan xonalar, mömiyolangan tanasi solinadigan sarkofag va yaxlit oltin yombidan yasalgan niqob, behissob zebu – ziynatlar qöşib dafn etilgan. Ularning aqidasiga köra, vaqti kelib fir'avn tiriladi va yana hukmronlikni davom ettiradi. Odatda fir'avn xilxonasini piramidani qurgan sanoqli usta va uning eng sodiq mulozimlari bilgan hamda ularning barçasi dafndan söng ixtiyoriy ölimga mahkum edi. Fir'avn uçun jon fido qilmoqlik u bilan yana dunyoga qayta keliş kafolati deb inonar edi ular.

Olimlar Misr piramidalari fir'avnlarning törtinçi avlodi davrida, eramizdan avvalgi 2639-2506 yillarda bunyod etilgan deb hisoblaşadi. Hozirgaça fir'avnlar Xeops, Xefren, Mikeran bunyod etgan piramidalar öz davrining salobatini saqlagan holda sayyohlarni hayratga solib kelmoqda.

Tarix salkam 5 ming yilning sönggi uç – uç yarim ming yilida misrliklarni ne köyga solmadi, deysiz. Osiyo, Ovröpada kuç – quvvatga  kirgan sarkarda borki, hammasi bu yurtga qiliç kötarib keldi. Maqsad – fir'avn boyliklariga  egalik qiliş bölgan. Lekin ularning heç biriga tarix kulib boqmadi. Iskandar Zulqaynarn (Makedonskiy) gina omadsiz safardan qaytayotib, Örta Yer dengizi sohilida hozirgi Aleksandriya deb ataluvçi şaharga asos solib ketdi. Rim imperatorlaridan fransuz Banopart Napoleongaça, Misrda 150 yil davomida hukmronlik qilgan turk usmoniylaridan ingliz bosqinçilarigaça heç biri fir'avnlar sirini, tabiiyki behisob oltin, duru-gavharlarni topa olmay armonda qoldi.