2018 yilda Özbekiston-Rossiya tekstil mahsulotlar böyiça savdo hajmi 700 million dollarga yetişi mumkin. 3 oktabr kuni poytaxtda bölib ötgan Özbekiston-Rossiya biznes-forumida taşqi iqtisodiyot vaziri Elyor Ğaniyev şu haqida ma'lum qildi.
"Özbekiston va Rossiya örtasida tekstil mahsulotlarini yetkaziş böyiça "yaşil yölak" joriy qilinadi. Şu yilning özidayoq Özbekistondan Rossiyaga yetkaziladigan tekstil mahsulotlari hajmi 22 foizga oşdi. Bu sohada ham salohiyat juda yuqori.
Gap sanoat korporatsiyasi, Rossiya korxonalarida özbek iplaridan foydalaniş, tayyor tekstil mahsulotlari, trikotaj va paxta matolarni yetkazib beriş haqida bormoqda.
Kelgusi yilda tekstil mahsulotlar böyiça savdo hajmi 700 million dollarga yetişi mumkin. Men mutlaqo real raqamlarni keltirmoqdaman", - deya ta'kidladi Elyor Ğaniyev.

















