Özbekiston hukumati Rossiyadan sotib olinişi möljallangan qurol-yaroğlar va harbiy texnikalarning asosiy turlari röyxatini tuzib çiqdi, deb yozadi «Kommersant'» harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi manbalariga tayanib. Röyxatga harbiy va harbiy-transport vertolyotlari, zirhli texnika, öqotar qurollar va öq-dorilar kiritilgan.

Toşkent şuningdek köp funksiyali qiruvçi samolyot Su-30SMga qiziqiş bildirgan. Bunday samolyotlar işlab çiqariladigan Irkutsk aviasozlik zavodi işlab çiqariş quvvatlari bilan Özbekiston qurolli kuçlarining yuqori martabali amaldorlaridan iborat delegatsiya avgust oyida tanişişgan edi, 20 sentabr kuni esa ikki mamlakatning harbiy-texnik hamkorligi istiqbollari RF xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşevning özbek hamkasbi Viktor Mahmudov bilan uçraşuvida muhokama etilgan edi. Naşr ma'lumotlariga köra, uçraşuv çoğida sovet davridan qolgan harbiy texnika — T-62 va T-72 tanklarining ta'miri haqida ham söz borgan.

Şavkat Mirziyoyev prezident etib saylangaç 2016 yilda harbiy-texnik hamkorlik haqidagi şartnoma imzolangan, keyinçalik u ratifikatsiya qilingan. Uşbu şartnomaning şartlariga köra, Özbekistonga misli körilmagan imtiyozlar taqdim etilgan, jumladan KXŞT a'zosi bölmay turib, Özbekiston qurol-yaroğlarni tijorat narxlarida emas, Rossiya içki narxlarida xarid qiladi. Misol uçun, Qozoğiston Rossiyaning Su-30SM qiruvçi samolyotlarini xarid qilişda şunday imtiyozlardan foydalanadi.

Özbekiston tomonidan röyxat şakllantirilgani tez orada şartnomalar imzolanişini bildirmaydi. Naşr suhbatdoşining qayd etişiça, «bungaça hali ança bor». «Hozirça ularning istaklari röyxati juda katta, hattoki ularning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan ham ortiqroq, biroq bulardan biror narsa xarid qilinişi borasida kafolat yöq», — degan «Kommersant'» manbasi.