Saytimizda 2017 yil 20 sentabr kuni «Samarqandlik tadbirkor: «Viloyatdagi mutasaddilar tufayli korxonam 552 million söm zarar kördi» sarlavhasi ostida «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasi rahbari Elmuratov Xaytmurat Allamuradoviçning şikoyat xati e'lon qilingan edi.
«Maqolada Samarqand viloyat hokimi örinbosari O.Oçilov, Injiniring kompaniyasi va «Qizilqumsement» AJ mutasaddi rahbarlari özaro kelişib, 1526 tonna sementni 2014 yil fondini boşqalarga berib yuborganlari haqida ma'lum qilingan.
Biroq şikoyat xatining uşbu qismi haqiqatga töğri kelmaydi. Çunki «Qizilqumsement» AJ Samarqand viloyat hokimi örinbosari O.Oçilov yoki Injiniring kompaniyasi rahbarlari bilan 1526 tonna sementni boşqalarga berib yuboriş töğrisida kelişişmagan. Aksinça, «Qizilqumsement» AJ sement mahsulotini viloyat hokimligi tomonidan unga taqdim etilgan taqsimot hamda tuzilgan şartnomalar asosida pudrat taşkilotlarga yetkazib bergan», deyiladi tahririyatimizga «Qizilqumsement» AJ boş direktori B.Botirov tomonidan yöllangan xatda.
Xatga qöşimça ravişda «Past Darğom sifat quriliş» xususiy ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş quriliş korxonasi bilan 700 tonna sement yetkazib beriş töğrisidagi şartnoma nusxasi, Samarqand viloyat hokimi örinbosari O.Oçilovning «Kamolot» uylari qurayotgan taşkilotlarga sement ajratiş, «Past Darğom sifat quriliş» XITQK rahbari Ş.Elmuratovning 700 tonna sement ajratiş haqidagi xatlari ilova qilingan.











