Farğonada fuqarolarga yana qulaylik tuğdiriş, ularning fikr va takliflarini inobatga oliş maqsadida sud binolarida “Fikr-mulohazalar qutisi” taşkil etildi.
Jinoyat işlari böyiça Marğilon şahar sudi hamda Marğilon şahar Ma'muriy sudlari binolarida örnatilgan fikr mulohazlar qutisi Özbekiston Respublikasi sudyalar oliy Kengaşi, jinoyat hamda ma'muriy işlar böyiça Marğilon şahar sudi mutasaddilari, Xalq qabulxonasi şahar bölimi mudiri, şuningdek, jamoatçilik vakillari iştirokida muhrlandi. Endilikda fuqarolar öz taklif va mulohazalarini aynan şu qutilarga joylaşlari va sud huquq tizimga öz fikrlarini bayon etişlari mumkin.
Endilikda mazkur qutilar har oyda bir marotaba Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati va Sudyalar oliy Kengaşi vakillari iştirokida oçiladi hamda fuqarolarning fikr-mulohazalari har tomonlama örganiladi.

Bu ham bölsa yurtimizda inson omiliga bölgan e'tibor yuksak saviyada ekanligidan dalolatdir. Zero, Özbekiston inson qadri uluğlangan yurt.
Ahror Ziyo,
Farğona











