6 oktabr kuniga ötar keçasi Andijon viloyati Uluğnor tumani hokimi Asilbek Akramoviç Yusupov oğir xastalik tufayli olamdan ötdi. 

Asilbek Yusupov 3 kun oldin miyaga qon quyilişi diagnozi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Kun.uz ma'lumotiga köra, marhum kasalxonada jon bergan.

Asilbek Yusupov şu yilning 22 fevralida Uluğnor tumani hokimi etib tayinlangan edi. Lavozimga tayinlanişdan oldin U Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş jamğarmasini boşqariş departament direktori lavozimida işlagan. 

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.