Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2 oktabr kuni “Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllar böyiça Davlat qömitasi qoşida “Özavtoyölbelgi” Davlat unitar korxonasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni çiqardi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çoralari töğrisida”gi qarori bilan “Özavtoyölbelgi” DUK taşkil etildi. Uning ta'sisçisiga Özbekiston Respublikasining Avtomobil yöllar böyiça Davlat qömitasi aylandi.

“Özavtoyölbelgi” DUKning asosiy vazifalari orasida avtomobil yöllarini yöl harakatini tartibga solişning texnik vositalari bilan jihozlaş sohasida yagona texnik siyosatni olib boriş, standartlaştiriş böyiça normativ hujjatlar talablariga muvofiq yöl belgilari, axborot körsatkiçlari, yöl harakatini tartibga solişning boşqa texnik vositalarini işlab çiqariş, avtomobil yöllarida uzoq muddat davomida foydalaniladigan çidamli yöl belgilarini çiziş uçun materiallar işlab çiqariş kabilar bor.

Qaror bilan “Özavtoyölbelgi” DUK boşqaruvi apparati tuzilmasi tasdiqlandi.

Şuningdek, korxonaga umumiy maydoni 556,88 kv.m. bölgan yöl belgilarini ta'mirlaş böyiça sex, “Avtomagistral” ixtisoslaştirilgan yöl ta'mirlaş-quriliş birlaşmasi” beriladi.