Kataloniyadagi vaziyat taranglaşuvi Yevropaning markazida fuqarolar uruşini keltirib çiqarişi mumkin. Bunday fikrni byudjyet masalalari böyiça yevrokomissar Gyunter Ettinger bildirib ötgan.

«Vaziyat juda va juda xavotirli. Yevropaning markazida fuqarolik uruşi xavfi yuzaga kelgan. Madrid va Barselona örtasida tinç muzokaralarga umid qiliş mumkin xolos», deya Ettingerning sözlarini keltirgan The Telegraph.

Ettinger «agar sörov tuşsa» Yevropa Ittifoqi vaziyatga aralaşişi mumkinligini aytgan.

1 oktabr kuni Kataloniyada Ispaniya qirolligidan ajrab çiqiş böyiça referendum ötkazildi. Ispaniya hukumati uşbu referendumni noqonuniy deb topdi va saylov uçastkalarini yopiş uçun politsiya jönatdi. Natijada saylovçilar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar kelib çiqdi. Politsiya odamlarni saylov uçastkalaridan haydaş uçun rezina öqlar va dubinkalar qöllagan. Natijada, 800 nafardan ortiq saylovçi tan jarohatlari olgan.

Referendum natijalariga köra, kataloniyaliklarning 90 foizdan ortiği mustaqillik uçun ovoz bergan. Ispaniya hukumati va Yevrokomissiya referendumni noqonuniy deb topdi. Ammo hafta oxirida Kataloniya hukumati mustaqillik e'lon qilmoqçi.