6 oktabr tongida Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd töqnaşuvi oqibatida jarohatlangan özbekistonliklarni va halok bölganlarning jasadlarini Özbekistonga olib qaytadigan maxsus samolyot Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi aeroportga qönadi. Bu haqda «Kun» manbasi xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, yöl-transport hodisasiga uçragan avtobusda bölganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.

Bundan oldinroq fojiadan omon qolgan özbekistonliklar röyxati ma'lum bölgandi.

Ayni vaqtda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi fojia oqibatida halok bölganlarning şaxsiga aniqlik kiritiş ustida iş olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd töqnaşuvi oqibatida avtobusda bölgan 56 nafar özbekistonlikdan 15 nafari halok bölgan.

Özbekistonlik şifokorlar jarohatlanganlarga yordam körsatiş uçun Rossiyaga uçib ketgan.