Rossiyaning Vladimir viloyatida özbekistonlik fuqarolar bölgan avtobus va poyezd iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölganlar soni 21 nafargaça oşdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. Ulardan 3 nafarini bolalar taşkil qilmoqda. 

Hammasi bölib avtobusda haydovçi bilan birga 58 kişi bölgan. Bundan avvalgi xabarlarda YTH oqibatida 17 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. Dastlabki versiyaga köra, avtobus tirbandlikka tuşib qolgan. Haydovçi aylanib ötmoqçi bölgan, buning uçun yon trassadan temir yölga çiqqan. Lekin avtobus temir yöl ustida buzilib qolgan. Poyezd kelib urilişidan oldin avtobusdan çiqişga ulgurganlar omon qolgan. Ular avvaliga avtobusni itarib çetga olib çiqmoqçi bölişgan, ammo buning iloji bölmagan. 

Avvalroq, YTH oqibatida jarohatlangan özbekistonliklarni va halok bölganlarning jasadlarini Özbekistonga olib qaytadigan maxsus samolyot Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi aeroportga qönişi xabar berilgandi. Ma'lum bölişiça, yöl-transport hodisasiga uçragan avtobusda bölganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.

«Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi tomoni jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam körsatayotgan Rossiya Federatsiyasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan avtohalokat oqibatida jarohatlangan özbekistonliklarning holati va körsatilayotgan tibbiy xizmatlar böyiça özaro ma'lumot almaşib turibdi», deya ma'lumot bergan «Kun.uz»ga Soğliqni saqlaş vazirligi Axborot xizmati.

Avtohalokat 6 oktabr Moskva vaqti bilan soat 03:30larda Vladimir viloyatidagi temir yöl kesişmasida sodir bölgan. YTHda temir yöl izlaridan ötiş joyida töxtab qolgan avtobusga poyezd kelib urilgan.