Vladimir tibbiy muassasalarida poyezd va yölovçi avtobusi iştirokidagi dahşatli YTH oqibatida jabrlangan uç kişining ahvoli barqaror oğir holatda qolmoqda. Juma kuni keçqurun Vladimirdagi tez yordam kasalxonasiga Petuşinsk şifoxonasidan bir erkak olib borildi, deya xabar berdi Vladimir viloyati ma'muriyatining soğliqni saqlaş departamenti direktori Aleksandr Kiryuxin TASS’ga.

"Jabrlanganlarning holati barqaror, oğir sifatida baholanmoqda. Viloyat bolalar klinik şifoxonasida bir bola joylaştirildi, Vladimir tez tibbiy yordam kasalxonasida esa ikki erkak bor", - degan Kiryuxin.

Avvalroq Vladimir viloyatida özbekistonlik fuqarolar bölgan avtobus va poyezd iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölganlar soni 21 nafargaça oşgani xabar berilgandi. Hammasi bölib avtobusda haydovçi bilan birga 58 kişi bölgan. 

Şuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan özbekistonliklarni va halok bölganlarning jasadlarini Özbekistonga olib qaytadigan maxsus samolyot Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi aeroportga qönişi ma'lum qilingandi. Ma'lum bölişiça, yöl-transport hodisasiga uçragan avtobusda bölganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.