U Kataloniya muxtoriyati vakolati kengayishi tarafdorlarini «ekstremistlar va radikallar»dan qutulishga chaqirgan.
«Biz mustaqillikning oldini olmoqchimiz. Aynan shuning uchun men to‘la ochiqlik bilan ayta olamanki, bu sodir bo‘lmaydi», — degan u.
U shuningdek, Ispaniya bo‘linmasligi, milliy birlik saqlab qolinishini aytgan.
«Biz qonunchilik asosida barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», — degan Raxoy.
Bundan avvalroq Ispaniya bosh vaziri Kataloniya mustaqilligi e'lon qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da bergandi.











