Lekin bu g‘alabadan keyin ham Dik Advokat shogirdlarining vaziyati og‘ir. 2010 yilgi Jahon chempionati finalchisi, 2014 yilgi Jahon chempionatida bronza medallar egasi bo‘lgan terma jamoa Rossiyada kechadigan navbatdagi mundialda qatnashish uchun faqat matematik jihatdan imkoniyat saqlab qolgan.

Shvedlar 7 oktabr kuni Lyuksemburgni 8:0 hisobida mag‘lub etdi va to‘plar nisbatni yaxshilab oldi. Endilikda Shvetsiya ikkinchi, Niderlandiya uchinchi o‘rinda. O‘tish o‘yinlarida qatnashish uchun Niderlandiya oxirgi turda Shvetsiya darvozasiga 7ta javobsiz gol urishi kerak bo‘ladi.

Guruhdagi uchinchi o‘yinda Fransiya Bolgariyani Blez Matyudining goli evaziga mag‘lub etdi va ochkolari sonini 20taga yetkazib, kamida ikkinchi o‘rinni naqd qildi. Bolgarlar 12 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi va amalda mundial yo‘llanmasi uchun kurashni to‘xtatdi.