Yevropa Millatlar ligasining A divizionida guruh bosqichi amalda yakuniga yetdi. Kecha oqshom birinchi guruhda pley-offning so‘nggi ishtirokchisi aniqlandi.
Germaniya maydoniga safar qilgan Niderlandiya terma jamoasi o‘yin so‘ngida kambek namoyish etib, dramatik tarzda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Gelzenkirxendagi uchrashuvning 9- va 19-daqiqalarida ikki hujumchi Timo Verner va Leroy Sanening gollari evaziga mezbonlar deyarli butun uchrashuv davomida ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinda borishdi, ammo so‘nggi besh daqiqa ichida vaziyat tubdan o‘zgardi. Dastlab 85-daqiqada Kuinsi Promes hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi, 90-daqiqada esa jarima maydoni markazida bo‘sh qoldirilgan mehmonlar sardori Virjil van Deyk muvozanatni tikladi.
Natijada niderlandlar ochkolar hisobi bo‘yicha Fransiyaga yetib oldi va o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik evaziga guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ronald Kuman jamoasi so‘nggi ikkita jahon chempionati g‘oliblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Millatlar ligasi
Germaniya – Niderlandiya 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 9 Verner, 2:0 – 19 Sane, 2:1 – 85 Promes, 2:2 – 90 van Deyk.
Germaniya – Noyyer, Kimmix, Zyule, Xummels, Shults, Sane (Gorettska, 80), Kroos, Kerer, Gnabri (Myuller, 67), Ryudiger, Verner (Roys, 63).
Niderlandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Tete, van Deyk, Depay, de Ron, Promes, Veynaldum (Trindade, 60), Babel (Dilrosun, 45; de Yong, 66), de Yong.
Ogohlantirishlar: Xummels (14), Veynaldum (38), Kroos (52), Kimmix (68).
«Eto fantastika. Eto futbol». Gol Van Deyka – sploshnyye emotsii. Priyatnogo prosmotra 😉
— Match TV (@MatchTV) 19 noyabrya 2018 g.
O tom, chto eto bylo:https://t.co/oDaLfj7vYg pic.twitter.com/RNLtQkeyVM
Bunga qadar «A» ligasining qolgan uchta guruhida ham g‘oliblar aniqlangan, unga ko‘ra Shveytsariya, Portugaliya va Angliya termalari ham final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu to‘rtta jamoa 2019 yilning 5-9 iyun kunlari Portugaliya mezbonlik qiladigan pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.















