Oktyabr oyining boşida kunlarning keskin sovub ketganligi paxta yiğim-terimi mavsumiga özining salbiy ta'sirini körsatmasdan qöymadi. Albatta, bunday şaroitda dalalarda hali terilişini kutib yotgan möl hosilning taqdiri kişini taşvişga solmasdan qöymaydi.

21 sentabr kuni Boş vazir A.Aripovning byudjyet sohasi xodimlari, ayniqsa öqituvçilar va şifokorlar, oliy öquv yurtlari talabalarining paxtaga yiğim terimiga çiqarişni töxtatiş haqidagi qarori e'lon qilingaç, ulardan boşqa turli soha vakillarini paxta yiğim terimiga jalb qiliş holatlari köpaydi.

Jumladan, Markaziy bank raisi örinbosari Ş.Atabayev tomonidan 26 sentabr kuni imzolangan, faks orqali qabul qilingan xat suratlari tarqaldi. Unga köra, tijorat banklari boşqaruvi raislari va Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalari boşliqlaridan 2017 yil paxta hosilini yiğib terib olinişiga kömaklaşiş maqsadida bankning har bir hududiy filiallarida işlayotgan har bir xodim 5 nafardan terimçi paxta yiğim-terimiga jalb etilişini taşkil qilişi söralgan.

Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov viloyat faollari bilan paxta yiğim-terimiga bağişlab ötkazilgan yiğilişda paxta mavsumi yuzasidan viloyat aholisiga murojaat qilar ekan, byudjyet sohasi xodimlari va talabalarni paxtaga majburiy çiqariş jinoyat ekanligini alohida ta'kidlab ötdi. Bundan avval ham Xalqaro press-klubda bir qator viloyatlar hokimlari paxta yiğim terimida majburiy mehnatdan foydalanmasliklari e'lon qilingan edi.

Ayrim joylarda öqituvçilar va şifokorlar paxtaga çiqarilmayotgan bölişsa-da, ulardan terimçilar uçun pul yiğiş kabi holatlar yuz bermoqda. Kuni keça Özbekiston Respublikasi Senati qabul qilgan qarorda «davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlariga rioya etilişini ta'minlaş maqsadida deputatlik hamda jamoatçilik  nazoratining barça şakllaridan foydalansin», deb ta'kidlangan. Şu jihatdan mustaqil KUN.UZ tahririyati öz zimmasidagi mas'uliyatni bajarmoqda. Qolaversa, öz dardini yozib tahririyatimizga murojaat qilgan öquvçilarimizning xitoblari javobsiz qolib ketişini istamadik.