Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşib kelişi bilan avtomobil yöllarning ahvoli yomonlaşib boraveradi. Ana şunday mazmundagi murojaatlarning soni Xorazm viloyati Şovot tumanidan köplab yuborilmoqda. Tahririyatga yuborilgan bir neçta murojaatlarga asosan, Kun.uz muxbiri Şovot tumaniga yöl olib, vaziyatni örgandi.
Urganç tumanidan ötib borar ekanmiz, xalq orasida «Pir bozor» nomi bilan maşhur «Şovot şarq bozori» MÇJga qaraşli savdo maydoniga köz tuşdi. Uşbu manzarada tasvirlangan obekt uzoq yillardan buyon xalqqa bozor vazifasini ötab kelmoqda. Ammo ahvol şu darajada açinarli darajaga yetib kelganki, yoğingarçilik boşlansa, sotuvçilar katta avtomobil yöli çetiga ham çiqib ketadi.

Oddiy sanitariya qoidalariga rioya qilinmay tayyorlangan taomlar bilan xizmat körsatiş salbiy oqibatlarga olib kelişi barçaga ayon. Şunga qaramay, bu yerdagi vaziyatga ijobiy ta'sir körsatişning imkoniyati bölmagan.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Şovot tumani hokimi birinçi örinbosarining aytişiça, aynan «Pir bozor»ni töliq rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş uçun smeta-loyiha hujjatlari tasdiqlangan.
«Joriy yilning avgust oyida mana şu xayrli işga qöl urildi. Nasib qilsa, 2019 yil 1 yanvar kuniga qadar savdo kompleksini zamonaviy tarzda qurib bitkazişni rejalaştirmoqdamiz», deydi u.
Biz mutasaddi vakilning bergan ma'lumotidan qoniqiş his qilib, öz yölimizda davom etarkanmiz, «Şovot dehqon bozori» va undan bir köça narida joylaşgan «Buyum bozori»ga taşrif buyurdik. Hovlisi huvillab qolgan bozorga kirib kelişingiz bilan «yuzlab çuqurça peyzaji»ga e'tibor qilişingiz aniq. Oçiğini aytganda, tumanda yirik 3ta bozorning xaridorgir bölişi közga taşlanmay turgani muxbirni ajablantirgan bölsa, bozor rahbarining sözlari tuşunmovçilikka oydinlik kiritdi.

«Bizning tumanda bozorlar haftasiga bir marta faoliyat olib boradi. Masalan, «Pir bozor» çorşanba kuni, mening rahbarligim ostidagi «Şovot dehqon bozori» esa haftaning boşqa kunida aholiga xizmat körsatadi. Siz körib turgan kamçiliklarni inkor etişdan yiroqman, çunki bozordagi şaroitni yaxşilaş uçun harakat qilyapmiz», deydi u.


















