HoverSurf kompaniyasi Dubay amirligi politsiyasi uchun mototsikl va kvadrokopterning maxsus gibridini ishlab chiqdi. Mazkur qurilma 8 oktabrdan beri bo‘lib o‘tayotgan Gitex ko‘rgazmasida namoyish etilgan.

To‘rt propoller bilan jihozlangan qurilma haydovchi yordamida yoki masofali boshqaruv pulti yordamida harakatlanishi mumkin, deya ma'lum qiladi National. U haydovchi bilan besh metrgacha balandlikka ko‘tarilishi mumkin, haydovchisiz esa - olti kilometrgacha.

To‘liq quvvatlangan batareyadagi parvoz davomiyligi besh daqiqani tashkil qiladi. Qurilmani oddiy yonilg‘i bilan ham quvvatlantirish mumkin, bunda u bir soatgacha harakatlana oladi.

Kvadrokopterga 300 kilogrammgacha og‘irlikda bo‘lgan yukni ortish mumkin. U tezlikni soatiga 70 kilometrgacha yetkazadi.

Qurilmadan oddiy mototsikl sifatida ham foydalanish mumkin. Uning yerdagi harakat tezligi 200 km/soatni tashkil qiladi, bir marta zaryadlangan batareyada esa u sakkiz soatgacha harakatlanishi mumkin.