Google Rossiya kompaniya platformalari orqali 2016 yilgi AQŞ prezidenti saylovlari natijalariga ta'sir qilişga uringanining isbotini topdi, deb xabar bermoqda kompaniya içidagi tergov natijalari bilan taniş manbalarga iqtibos keltirgan holda  The Washington Post (WP) naşri. Bu maqsadda ön minglab dollarlik reklama sotib olingan.

Reklama YouTube, Gmail’da hamda DoubleClick platformasida joylaştirilgan. Reklama xuddi şu maqsadda Facebook’da reklama sotib olingan manbalardan xarid qilinmagan. 

Google’da rasmiy izohlar berişdan boş tortişdi. 

Manbalarning aytişiça, umumiy qiymati 100 ming dollardan kamroq bölgan reklama kompaniya tomondan şubha ostiga tuşgan. Google hanuzgaça bu reklama Kreml bilan boğliq tuzilmalar tomondan buyurtirilgani yoki yöqligini aniqlay olmagan. 

Sentyabr boşida Rossiyadan Facebook’da siyosiy reklama joylaştirilgani ma'lum bölgandi. Bu reklamani Sankt-Peterburgda joylaşgan, Yevgeniy Prigojinning internet-tadqiqotlar agentligi bilan boğliq kompaniyalar sotib olişgan. Uşbu holat Facebook’ning reklamani joylaştiriş qoidalarini özgartirişiga olib kelgan: endi foydalanuvçilar u yoki bu siyosiy maqolani kim buyurtirganini bila olişadi.