Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Ğulomjon Ibragimov boşçiligidagi delegatsiya 10 oktabr kuni amaliy taşrif bilan Tatariston Respublikasiga keldi.

Tatariston Respublikasi boş vaziri Aleksey Pesoşin «Kazan» xalqaro aeroportida Özbekiston delegatsiyasini kutib oldi.

Şundan söng Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Ğulomjon Ibragimov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Rustam Minnixanov Özbekiston delegatsiyasining Qozonga taşrifi Rossiya-Özbekiston munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan Tatariston va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga hissa qöşişiga işonç bildirdi.

Tatariston prezidenti ta'kidlaganidek, Tatariston va Özbekiston örtasidagi özaro savdo hajmi hozirgi paytda barça mavjud imkoniyatlarni aks ettirmaydi: «Biz hamkorlik uçun katta istiqbollarni körmoqdamiz. Bunga öxşaş tillar, madaniyat va urf-odatlarimiz yordam beradi. Lekin eng muhimi, ikki mamlakat oliy rahbariyatining xohişi bor».

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşni Rossiya-Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişda ustuvor vazifa sifatida belgilab olişdi, deya ta'kidlab ötdi Rustam Minnixanov.

Uning aytişiça, Tatariston neft qazib oliş va neft-kimyo sanoatini rivojlantirişda katta tajribaga ega. Uşbu sohaning asosiy korxonalari – “Tatneft” va “Taif” hisoblanadi. Rustam Minnixanov bu sohada hamkorlik qilişning barça imkoniyatlarini körib çiqişni taklif qildi: tayyor mahsulotlarni Özbekistonga yetkazib beriş va qöşma loyihalarni amalga oşirişdan tortib soha mutaxassislarini tayyorlaş böyiça hamkorlikkaça.

Öz navbatida, Özbekiston yengil sanoatning rivojlangan tarmoğiga ega. «Işonçim komilki, biz bu sohada aloqalarni yölga qöyamiz. Biz özbek biznesini respublikaga taklif qilişimiz, ularga barça zarur şart-şaroitlarni yaratişimiz, zarur yordamni körsatişimiz kerak», - dedi Rustam Minnixanov.

Tatariston prezidenti sayyohlik aloqalarini, muhandislik, quriliş, uy-joy-kommunal xizmatlari, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, axborot, madaniyat va boşqa sohalarda hamkorlikni faollaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Rustam Minnixanov Ğulomjon Ibragimovga işbilarmon doiralar vakillarining qöşimça taşriflarini taşkil etiş va oy oxiriga qadar asosiy biznes loyihalarini aniqlaşni taklif qildi.

Öz navbatida Ğulomjon Ibragimov Özbekiston rahbariyati Tatariston bilan hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.