Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça kengaşining din va e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Özbekistonda din va e'tiqod erkinligi borasidagi hozirgi vaziyatni örganiş maqsadida Özbekistonga kelgan edi. U şu yilning 2 oktabridan 12 oktabriga qadar mamlakatda bölib, Özbekiston hukumati rasmiylari, diniy va nodavlat taşkilotlar vakillari bilan uçraşdi. 

Ahmad Şahid öz taşrifi yakunida Özbekistondagi diniy va NNT, diplomatik vakolatxonalar va OAV vakillari bilan uçraşdi. 

Uning öz taşrifiga doir xulosasiga köra, “Özbekistonda amalga oşirilayotgan qator islohotlar inson huquqlari, jumladan din va e'tiqod erkinligini qöllab-quvvatlaş va himoya qilişga öz hissasini qöşadi”. 

Ahmad Şahidning ta'kidlaşiça, “dinlar yoki har qanday e'tiqod köpmillatli va turli diniy jamoalar birgalikda tinç yaşayotgan Özbekistonda tahdid sifatida baholanmasligi kerak”. 

Maxsus ma'ruzaçi, diniy ekstremizmga qarşi kuraş mavzusiga ham töxtatalar ekan, bu borada Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholadi, şu bilan birga, ayrim e'tirozlarini bildirib ötdi. 

“Diniy ekstremizmga qarşilik körsatiş diniy yoki e'tiqod erkinligini ta'minlaş asosida olib borilişi lozim. Ekstremizm zöravonligiga qarşi kuraşiş yoki unga yöl qöymaslik uçun din yoki e'tiqod erkinligini qurbon qilib bölmaydi”, - deya qat'iy fikrini bildirdi Ahmad Şahid. Uning ogohlantirişiça, bu holat ayni vaqtda olib borilayotgan islohotlar uçun imkoniyatlarni qisqartirib yuboradi. 

Ahmad Şahid Özbekistondagi diniy bağrikenglikni e'tirof etar ekan, bağrikenglikdan diniy erkinlikka ötiş vaqti kelganini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, diniy erkinlik deganda barça din vakillariga öz diniy amallarini bajarişda teng imkoniyatlar taqdim etiş nazarda tutiladi.