BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşining din va e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Özbekiston hukumati taklifiga binoan mamlakatga taşrif buyurdi. U respublikada din va e'tiqod erkinligi bilan boğliq holatni örgandi. 

Uning ma'lum qilişiça, 2018 yil martida öz örganişlaridan kelib çiqqan holda, Özbekistondagi din va e'tiqod erkinligi bilan boğliq vaziyatga doir ma'ruza va takliflaridan iborat hisobotini e'lon qiladi. 

Ahmad Şahid taşrifi yakunlanişi munosabati bilan International Hotel Tashkent mehmonxonasida matbuot anjumani ötkazdi. 

Maxsus ma'ruzaçining alohida uqdirişiça, “Özbekiston garçi dunyoviy davlat ekanini ta'kidlasa-da, mamlakatda vijdon, fikr, e'tiqod va din erkinligi haddan ortiq tartibga solinadi. Diniy taşkilotlar davlat röyxatidan ötmasdan faoliyat yuritsa, noqonuniy hisoblanadi. Hukumat har qanday diniy harakatlarga nisbatan huşyor turişga moyildir”. 

Uning sözlariga köra, mamlakat Konstitutsiyasida din va e'tiqod, vijdon erkinligi kafolatlangan bölsa ham, amalda birmunça çeklovlarga duç kelinmoqda. “Fuqarolar din haqida fikrlarini izhor qilişda yoki e'tiqodidan kelib çiquvçi diniy amallarini erkin bajarişda ayrim çeklovlarga uçramoqda. Ba'zan bu borada özini-özi senzura qiliş holatlari közga taşlanadi”, - dedi Ahmad Şahid matbuot anjumanida. 

BMT maxsus ma'ruzasiçi Özbekistonda diniy savodxonlikni oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşiş” taşabbusini yuqori baholadi. U sönggi bir neça oyda 16 ming atrofidagi diniy ayblovlar asosida ayblangan fuqarolar maxsus röyxatdan öçirilganini olqişladi. 

Taşrifi davomida Toşkent, Farğona, Buxoro viloyatlariga borgan Ahmad Şahid Qoraqalpoğiston Respublikasida ham bölib, u yerda “Jasliq” qamoqxonasini borib kördi. Bundan taşqari, Özbekistondagi etnik va diniy jamoalar vakillari, fuqarolik jamiyati taşkilotlari, NNT vakillari bilan ham uçraşib, muloqotlar ötkazgan.