Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi qarori bilan oliy ta'lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalari töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Qayd etilişiça, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalari öz maqomiga köra, Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tenglaştiriladi. OTMning kunduzgi bölimida öqiyotgan erkak talabalar, şuningdek tibbiy OTM talabalari jinsidan qat'i nazar harbiy tayyorgarlikdan ötadilar. Harbiy tayyorgarlikka 27 yoşgaça bölgan, salomatligi böyiça harbiy xizmatga yaroqli va saralaş tanlovidan ötgan talabalar jalb etiladi.

Harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalarida OTM talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş quyidagiça taşkil etiladi:

“Çaqiriqqaça harbiy ta'lim” yönalişi böyiça mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta'lim fakultetlarida – 2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda;

tibbiy OTM harbiy kafedralarida – 2 yil davomida bir yil, 3 va 4-kursda;

qolgan OTM harbiy kafedralarida – bir yil, 3-kursda.

Talabalar harbiy tayyorgarlikdan ötiş uçun tanlov asosida saralab olinadi: 

“Çaqiriqqaça harbiy ta'lim” yönalişi böyiça mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta'lim fakultetlarida – abituriyentlarning OTMga öqişga kirişida ötkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon davomida;

tibbiy OTM harbiy kafedralarida – OTMda ta'lim olişning ikkinçi kursi oxirida saralaş tanlovi jarayonida;

qolgan OTM harbiy kafedralarida – OTMda ikkinçi kurs oxirida saralaş tanlovi jarayonida.

Kasbiy (ijodiy) imtihon topşirişga Özbekiston fuqarosi bölgan; şaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, özi yozgan) ixtiyoriy ravişda harbiy tayyorgarlikni ötaş istagini bildirgan abituriyentlarga ruxsat beriladi.

Saralaş tanloviga: Özbekiston fuqarosi bölgan; şaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, özi yozgan) ixtiyoriy ravişda harbiy tayyorgarlikni ötaş istagini bildirgan; salomatligi böyiça harbiy xizmatga yaroqli talabalarga ruxsat beriladi.

Quyidagilar harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalarida ta'lim oliş uçun talabalarni saralaş tanlovining asosiy mezonlari hisoblanadi: