15 oktabr soat 16:00da O‘zbekiston Davlat san'at muzeyida taniqli rassom Andrey Yesionov asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma “Daryoga ikki marotaba kirish” deb nomlanib, unda mehmonlar rassomning eng sara asarlarini tomosha qilish mumkin.

A. Yesionov ijodi – majoziy (metaforik) usulning yorqin namunasi. Uning asarlarida, texnikadan qat'i nazar (moybo‘yoq, akvarel), ma'nolar chuqurligi asarlarning obrazli tuzilishi darajasida namoyon bo‘ladi. Uning obrazlari, asosan, meditativ, “o‘ziga” chuqurlashgan, qahramonlari o‘z hayoti to‘g‘risida, ularni qurshab turgan dunyo taqdirlari to‘g‘risida o‘yga cho‘mgan. Bu holat ayniqsa portretlarda seziladi.

 Ko‘pincha rassom o‘z asarlarida ideal modellovchi obrazli tuzilmalarni yaratadi. Ularning asosiy xususiyati odamlar, makonlar, shaharlar – «Moskva. Varvarka», «Isroil. Arab mavzesiga kirish yo‘li», «Parij. Muqaddas Rox cherkovi»ning muayyan ideal (go‘zal, adolatli, uyg‘un) obrazlarini yaratishdan iborat. Rassom o‘z obrazlarini ideallik va uyg‘unlik to‘g‘risidagi shaxsiy tasavvurlariga asoslanib shakllantiradi.

Rassom asarlaridagi uyg‘unlik va vazminlikni gavdalantiruvchi qahramonlar odamovi, o‘z xayoliga cho‘mgan bo‘lib ko‘rinadi, bu «meditativ» obrazlar bilan parallel o‘tkazish imkonini beradi. «Rim uyg‘unligi», «Florensiya sohibjamoli» asarlaridagi obrazlar bizda shunday taassurot qoldiradi.

A. Yesionov ijodida Makon va Zamon toifasi talqini alohida o‘rin egallaydi. U ushbu rassomlik san'atiga xos omillarni mazmundor sifatga aylantirdi. «Nasiyaga aldanish», «Daryoga ikki marta kirish», «Talab bo‘yicha to‘xtash», «Parallel reallik» kabi asarlar makoni har xil usullarda, turli his-tuyg‘u holatlarida yaratilgan, biroq ularni kengaytirilgan talqin birlashtiradi.