Kemada kanotli raketalarni uchirish uchun 12 ta pusk qurilmasi mavjud.

Janubiy Koreya OAV ma'lum qilishicha, kema AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bu mashg‘ulotlar keyingi haftada Shimoliy Koreya sohillari yaqinida boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Koreya yarimoroliga AQShning yana bitta suv osti kemasi "Michigan" yo‘nalmoqda. U 154 ta "Tomagavk" bilan jihozlangan.

"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilishicha, dam olish kunlari "Michigan" Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirib boradi.