Kazakhstan's Air Astana aviakompaniyasi yölovçi samolyoti nosoz şassi tayançi bilan Xitoyning Syamen şahri aeroportiga qöna oldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Samolyot yonilğisini tugatiş maqsadida havoda 3 soat davomida parvoz qilib yurgan. Söngra ekipaj qönişga qaror qilgan.

Axborot agentligining ma'lum qilişiça, samolyotda ekipajning 4 nafar a'zosigina bölgan. Samolyot ta'mirlaşdan keyin sinovdan ötkazilayotgan bölgan. 

Uşbu hodisa tufayli Syamen aeroportidagi reyslarning yarmini uşlab qolişga töğri kelgan.