12 oktabr kuni BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining Din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Özbekiston Respublikasiga amalga oşirgan taşrifi yakunlanişi munosabati bilan matbuot anjumani ötkazdi. Uning safari yakuni böyiça dastlabki xulosasi taşkilot saytiga joylaştirildi.

Hujjatda yozilişiça, Özbekistondagi dinlar va e'tiqod erkinliklari (dinlardan erkinlik ham şu jumladan) Respublika Konstitutsiyasining 31-moddasi bilan kafolatlanadi. Ammo, Asosiy qonunning 20-moddasida qayd etilişiça, fuqaro Konstitutsiyada kafolatlangan huquq va erkinliklarinidan foydalanişi davlat va jamiyat, boşqa fuqarolarning manfaatlari, huquq va erkinliklarini buzmasligi kerak. 

Asosiy hujjatning 61-moddasida mamlakat tuzumi dunyoviy davlat ekanini belgilaydi va davlatning din işlariga aralaşmasligini kafolatlaş orqali davlat va dinni ajratadi. 57-moddaga muvofiq, diniy partiyalar taşkil etişni ham taqiqlaş şu maqsadga xizmat qiladi. 

Jinoyat kodeksida "noqonuniy" (röyxatdan ötmagan) va "taqiqlangan" guruhlar tuşunçasi ajratilgan. Ikkinçisi bilan "ekstremistlar" nazarda tutilgan. JKning 216-moddasida özgalarni noqonuniy diniy guruhlarga jalb qiliş, özgalarni öz diniga tarğib qiliş 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilangan. Ayni şu modda rasman e'tirof etilgan diniy idoralar xodimlaridan boşqalarga jamoat joylarida diniy liboslarda yurişni taqiqlaydi. 

Yuqorida qayd etilgan holatlar xalqaro huquq bilan muhofaza qilinadigan inson huquqlari, din yoki e'tiqod erkinligiga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa bu ibodatlarni xususiy yoki jamoat joylarda bajariş bilan boğliq holatlarda, u xoh yakka yoki köpçilik bilan birga bölsin, din ta'limotlariga rioya qiliş, amal qiliş va ta'lim beriş borasida namoyon böladi. Din işlarida ayrim çeklovlar mavjudligi bolalarga ota-onalarning diniy qadriyatlarini ta'lim beriş huquqini ta'minlaşda tösqinlik qilmoqda. Konstitutsiyada dunyoviylik qoidasi mustahkamlangan bölsa-da, davlat köp hollarda din va e'tiqod amallarini erkin bajarişga aralaşadi. 

Garçi dinlar yoki e'tiqodlar erkinligi xalqaro huquqqa muvofiq, ajralmas huquq hisoblanib, jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, soğliği, ma'naviyat va boşqa şaxslarning asosiy huquqlari nuqtai nazaridangina çeklovlarni közda tutib, zörlik işlatilmaydigan usullarni qöllab-quvvatlasa-da, hukumat tomonidan örnatilgan çeklovlar tartibi, örnatilgan huquqiy asosi, yuritilayotgan siyosati va amaliyoti xalqaro huquq bilan örnatilgan çegaralardan taşqariga çiqadi. Şu bilan har bir insonga tegişli bölgan din yoki e'tiqod erkinligi inson huquqi sifatida qonunçilikda va amaliyotda tan olinmaydi. 

Qonunlar bilan örnatilayotgan haddan ortiq çeklovlar tartibi hukumat vakillari va boşqa davlat idoralari, diniy taşkilotlar va fuqarolik jamiyatlarining ayrim a'zolari tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Ularning işonç bildirişlariça, bu siyosat bir neça sabab bilan özini oqlagan. Ilgari surilayotgan dalillar yaqin ötmişda davlatçilik duç kelgan terrorizmni ham öz içiga oluvçi diniy ekstremizm, mehnat muhojirlarining özlari borgan joylarda radikal ğoyalarga şönğişi hamda uşbu siyosat tufayli mamlakatda nisbiy tinçlik va barqarorlik bilan izohlanadi.