Tesla kompaniyasi joriy haftada turli bölinmalarida işlovçi bir neça yuz xodimini işdan böşatib yubordi. Bu haqda The Mercury News naşri xabar bermoqda.
Naşr manbalari ma'lumotlariga köra, bu böşatişlar kutilmagan holat bölgan, çunki ular haqida ogohlantirilmagan. 400 dan 700 gaça kişi, jumladan boşqaruvçilar va texnik xodimlar öz iş örinlaridan mahrum bölganlar.
Gap avvalambor Model X va Model S avtomobillarini işlab çiqariş va SolarCity energetik kompaniyasi loyihalari ustida işlagan xodimlar haqida ketmoqda.
Naşrning keltirişiça, Tesla vakillari bu böşatişlar kompaniya unumdorligining yillik şarhi bilan boğlanganini aytişgan.
"Boşqa istalgan kompaniyadagi kabi, unumdorlik haqidagi şarhlari ba'zida xodimlar bilan xayrlaşişga olib keladi. Tesla ösişda davom etmoqda va butun dunyo böylab yangi xodimlarni qabul qiladi", deb aytilgan kompaniya matbuot xizmatida.

















