Özbekiston hukumati taklifi bilan mamlakatga kelib, din va e'tiqod erkinligi bilan boğliq vaziyatni örgangan BMT maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Qoraqalpoğistondagi “Jasliq” qamoqxonasini ham borib körganini ma'lum qildi. Uning yozişiça, qamoqxona ma'muriyat u yerda 700 mahbus saqlanayotganini bildirgan. 

“Men bir neça mahbus bilan maxfiy ravişda ham gaplaşişga muvaffaq böldim. Qamoqxona boşliğining tuşuntirişiça, mahbuslar içki tartib, qoida va jadvalni buzmasa, diniy ibodatlarni bajarişlari mumkin. Özim guvoh bölgan narsadan kelib çiqsak, mahbuslar, ayniqsa diniy ekstremizmda ayblanib qamalganlarning reabilitatsiyasi uçun sezilarli sa'y-harakatlar qilinmoqda. Ularning ayrimlariga koloniyada özlarini yaxşi tutganlari va çin dildan afsus qilganlari tufayli muddatidan avval qamoqdan çiqiş yoki amnistiya böliş imkoni taqdim etilgan. Şunga qaramay, menga aytişlariça, ularning köpçiligi 1 yildan 3 yilgaça qöşimça muddatni ötaşmoqda. Bunga sabab JKning 221-moddasi alomatlarini sodir etişdir. Ayrim hollarda qöşib berilgan muddatlar sud tayinlagan muddatdan ham ortib ketgan”, - deb yozgan Şahid.  

Uning sözlariga köra, qamoqxonalar boşqarmasi diniy ibodatlarni bajarişga maxsus ruxsat berilmasligini Konstitutsiyaning dunyoviyligi bilan izohlagan. Uning aniqlaşiça, Ramazon oyida röza tutişni istagan mahbuslar ayrim taomlar yoki yaqinlari olib kelgan yeguliklarning ba'zilarini saqlab qöyişlari mumkin bölgan. Ammo qamoqxona ma'muriyati ularni qöşimça saharlik ovqat bilan ta'minlamagan. Musulmon mahbuslar qamoqxona içki tartibi doirasida ibodat qilişi mumkin. Bundan taşqari, amru ma'ruf qilişlari uçun imomlar yoki diniy taşkilotlar vakillari taklif etilgan.