Apple hammuassisi Stiv Voznyak texnik digital-mutaxassislarni öqitiş maqsadida onlayn-platformani işga tuşirdi.
Woz U nomini olgan loyiha texnologik sohada karera qiliş ğoyasini ilgari surişga va sohaga kiriş uçun zarur bölgan bilimni berişga qaratilgan.
Woz U'da köplab öquv dasturlari böladi: dasturiy ta'minot işlab çiqiş va axborot texnologiyalaridan boşlab, to mobil ilovalarni işlaş va kiberxavfsizlikkaça.
Loyihaning rasmiy saytida körsatilişiça, kompaniyalar yangi xodimlarni izlaş va öqitiş uçun Woz U resurslariga kirişlari mumkin. Şuningdek Voznyak startaplar uçun akseleratorni yölga qöyişni ham rejalaştirmoqda.
"Bizning maqsadimiz odamlarni yillab qarz tölaşga majbur qilmasdan, öqitiş va işlaşni örgatişdan iborat", - deydi Voznyak.
"Odamlar köpinça texnologik sohada karera qilişdan çöçişadi, çunki ular bu bilan şuğullanişning uddasidan çiqa olişmaydi deb öylaşadi. Men ularning uddalay olişini bilaman va şu bois ularga buni qanday qilişni körsatmoqçiman. Men umrim mobaynida texnologiyalar orqali dunyoni yaxşilaş ustida işlaganman va doim ta'lim jarayonini hurmat qilganman. Endi esa Woz U davri keldi va bu faqat boşlanişi", - ta'kidlaydi Stiv Voznyak.
Woz U'dagi ta'lim narxi haqida hozirça heç nima ma'lum qilinmagan, biroq bepul kiriş kurslariga ega loyihaning mobil ilovasi işga tuşgan.
Woz U butun dunyo böylab 30 maktabni işga tuşirişni rejalaştirmoqda.

















