Yaponiyadagi kafelardan birining egasi sarimsoqdan qahva ta'mli içimlik oliş retseptini yaratdi. Bu haqda Japan Today naşri xabar bermoqda.
74 yoşli pazandaning aytişiça, bunday fikr unga 30 yil avval kelgan. U e'tiborsizligi va restoranda mijozlar juda köpligi sababli göşt bölagini sarimsoqli qaylada me'yoridan ortiq qovurib yuborgan. Şunda u qorayib ketgan sarimsoqni qoşiq bilan ezğilab, uni qaynoq suvda eritgan. Hosil bölgan "içimlik" esa qahva ta'mini eslatib yuborgan, faqat biroz aççiqroq bölgan.

Şundan keyin Simotai ismli bu şaxs öz ixtirosini esdab çiqarib yuborgan va u pensiyaga çiqqaçgina u ustida işlaşga qaytgan.
Hozir yaponiyalik oddiy qahva kabi damlanadigan yançilgan sarimsoq işlab çiqarişni yölga qöygan. Sarimsoqli qahvani tayyorlaş uçun sarimsoq qovurib olinadi va söngra sovutiladi va yançiladi. Yaponiyalikning aytişiça, sarimsoq qovurilişi evaziga heç qanday noxuş ta'm bölmaydi.
"Men yaratgan içimlik ehtimol dunyoda birinçi bunday içimlik bölsa kerak. Unda zarraça kofein moddasi yöq va uni qahvani xuş köruvçilar uyqulari buzilişidan xavotirlanmay, tungi vaqt içişlari mumkin. Bu antiqa qahva homiladorlik vaqtida öz ratsionlaridan qahvani istisno qilişni afzal köruvçi ayollar uçun ham mos keladi", deb aytmoqda tadbirkor.
Ta'kidlaş joizki, olimlarning taxminiça, 2050 yilga kelib qahvaning yöq bölib ketiş ehtimoli mavjud.
















