Kanadaning Kvebek şahrida yölovçi samolyoti qönayotganda dron bilan töqnaşib ketdi, deb xabar bermoqda CBC naşri.
Kanada transport vaziri Mark Garnoning ma'lum qilişiça, töqnaşuv oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Voqea ötgan payşanba, 12 oktabrda yuz bergan, biroq u haqda endigina ma'lum böldi. Vazirning aytişiça, bunday hodisa Kanadada birinçi marta yuz bermoqda.
Garnoning aytişiça, amaldagi qoidalar dronlarni aerodromlargaça 5 km dan yaqinroq masofada işlatişni taqiqlaydi. "Bu hodisa yuz bermasligi kerak edi. Dron u yerda bölmasligi kerak edi", deb aytdi vazir.
Vazirning aytişiça, agar dron samolyot kabinasi yoki dvigateli bilan töqnaşganda, bu jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin edi.
Vazir kelgusida bunday voqealar takrorlanmasligi uçun keyingi yilda şaxsiy dronlar borasida yangi qonun qabul qilinişi jarayoni yakunlanişiga va'da berdi. Bu qonunlarda dron operatorlarining eng kiçik yoşi belgilab qöyiladi.

















