08:00 / 17.10.2017
10296

Mahrez «Lester»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Foto: Getty Images

«Lester Siti» va «Vest Bromvich Albion» Angliya Premer-ligasining sakkizinchi turi doirasidagi o‘yinda durang natija qayd etdi. Lesterdagi «King Pauer - Uolkers» stadionida kechgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Har ikki jamoa ham musobaqaning qatorasiga oltinchi o‘yinida g‘alaba qozona olmadi.

Bellashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida Naser Shadli hisobni ochdi. Riyod Mahrez esa 80-daqiqada mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Vest Bromvich Albion» (10 ochko) Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. «Lester Siti» (6) - 18-pog‘onada.

Lester – Vest Bromvich 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 0:1 – 63 Shadli, 1:1 – 80 Mahrez.
Lester – Shmeyxel, Simpson (Chiluell, 74), Morgan, Maguayr, Fuks, Mahrez, Iborra (King, 90), Ndidi, Olbrayton, Ixeanacho (Slimani, 74), Vardi.
Vest Bromvich – Mayxill, Douson, Xegazi, Evans, Gibbs, Livermor, Krixovyak, Berri, Rodriges (Makkleyn, 84), Rondon, Shadli (Makoli, 84).
Ogohlantirishlar: Xegazi (8), Mayxill (47), Ixeanacho (62), Olbrayton (68).

Top