Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. 

Çeçeniston rahbari Özbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda otasi Ahmad hoji Qodirov tahsil olgan islom sivilizatsiyasining tarixiy markazlarini ziyorat qiliş maqsadida mamlakatimizga taşrifini taşkil qilgani uçun çuqur minnatdorlik bildirdi. 

Şuningdek, u köp millatli özbek xalqiga çuqur ehtiromini bildirib, Prezident Şavkat Mirziyoyevning millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini tarğib qiliş borasida olib borayotgan siyosati va xalqaro taşabbuslariga yuksak baho berdi. 

Suhbat söngida Ramzan Qodirov ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli va köp qirrali aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaşda faol iştirok etişga tayyor ekanini ta'kidladi.