Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam uçraşuvlar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqdoşlik munosabatlarini mustahkamlaşga, şuningdek, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilganini alohida ta'kidladi.
Joriy yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi taşrif çoğida imzolangan ikki mamlakat hududlari örtasida hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo bitim turli tarmoqlarda yaqin hamkorlik va kooperatsiya aloqalarini mustahkamlaş yölida yangi imkoniyatlar yaratgani qayd etildi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Soçi şahrida bölib ötgan uçraşuvida tomonlar hududlar darajasidagi aloqalar faollaşayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, uşbu hamkorlikni qöllab-quvvatlaşini ta'kidladilar.

Suhbat çoğida Özbekiston va Çeçeniston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Özaro savdo hajmi va nomenklaturasini kengaytiriş, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Ramzan Qodirov özaro aloqalarni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi













