AQŞning Forbes jurnali eng boy 400 amerikalikning 2017 yilgi röxatini çop etdi. Yangi reytingdan örin olgan eng omadsiz kişi AQŞ prezidenti Donald Tramp böldi. Sababi, u bir yil içida 600 mln dollar yöqotib, davlati 3,1 mlrd dollarni taşkil qilgan. Tramp bu körsatkiç bilan röyxatda 248-örinni egalladi.
Eng boy amerikalik esa yana Microsoft asosçisi Bill Geyts böldi. Bir yil içida uning davlati 8 mlrd dollarga köpayib, 89 mlrd dollarga yetgan. 2-örinni Amazon internet-giganti va Blue Origin aerokoinot kompaniyasi asosçisi Jyeff Bezos egalladi, uning boyligi bir yil içida 14,5 mlrd dollarga köpaygan. Yetakçi uçlikni sarmoyaçi va Berkshire Hathaway boş direktori Uorren Baffett yakunlamoqda, uning boyligi bir yil içida 12,5 mlrd dollarga köpayib, 78 mlrd dollarga yetgan.
Yetakçi beşlikdan Facebook asosçisi Mark Tsukerberg (ösiş 15,5 mlrd dollar, umumiy davlat 71 mlrd dollar) va Oracle kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi va hamasosçisi Larri Elison (ösiş 9,7 mlrd dollar, umumiy davlat 59 mlrd dollar) ham örin olişdi.
Uşbu röyxatga kiriş çegarasi 2017 yilda rekord miqdordagi 2 mlrd dollarga yetdi. Şuningdek, AQŞning eng boy 400 kişisining umumiy boyligi ham rekord miqdorga yetdi, bu qiymat 2,7 trln dollarni taşkil qildi. Röyxatdagi örtaça boylik miqdori 6,7 mlrd dollarni taşkil qildi.
Reytingning eng yoş vakili Snapchat dasturining hamasosçisi, 27 yoşli Evan Şpigel böldi, uning davlati 3,1 mlrd dollarga baholandi. Eng keksa milliarder esa 94 yoşli developer Aleks Spanos (2,4 mlrd dollar) böldi. Eng boy ayol Walmart savdo tarmoği egalaridan biri Elis Uolton böldi. U 38,2 mlrd dollarlik boylik bilan röyxatdan 13-örin oldi.
Naşrning ta'kidlaşiça, rekord qiymatlar örnatilişiga sabab kuçli fond bozori bölgan, u 2017 yilda bir neça rekord qiymatlarni örnatdi. Jurnal buning isboti sifatida S&P 500 indeksi ösişini misol qilib keltirdi, uning qiymati Forbes’ning avvalgi naşri çop etilgan vaqtdan beri 17 foizga ösgan.

















