Sönggi yillarda Qozoğistonning harakati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini qulatişga yönaltirildi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev 18 oktabr kuni «Ala-Arça» davlat qarorgohida prezident stipendiantlari oldida ma'lum qildi.

Atamboyevning ta'kidlaşiça, prezident Nazarboyevning atrofidagi şaxslar – bu oligarxlar, qozoq milliarderlari bölib, ular Qozoğiston va Nazarboyev haqida emas, balki öz kelajagi haqida öylamoqda. «Sababi Ğarbdagi barça banklarda özlarining milliardlab mablağlar bölgan hisoblari bor, ular AQŞ valyuta tizimi orqali nazorat qilinadi. Ularda hozir bitta vazifa: Qoğozistonda hukumat özgarganda özlari bilan yaxşi munosabatda bölişlari uçun harakat qiliş», - deya ma'lum qildi u.

Prezidentning sözlariga köra, Qozoğistonda oligarx hukumatning vazifasi umuman boşqa.

«Sönggi qaror – Qozoğistonda kirilldan lotin alifbosiga ötiş bekorga qabul qilinmadi. Bu Rossiyadan uzoqlaşiş. Bu Qozoğiston va AQŞ dengiz-piyoda qöşinlarining Rossiya bilan çegaradagi qöşma maşqlari. Bugun şuni körmoqdamizki, Qozoğistonning harakatlari bugun emas, balki sönggi bir neça yil davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini qulatişga yönaltirilgan bölgan. Qirğizistondagi saylovlar Qozoğiston oligarxlari va Davlat departamentining Qirğizistondagi ta'sir körsatiş agentlari, mablağ oluvçi barça NNT – hammasi birlaşganini aniq körsatib berdi», - deya ta'kidlab ötdi Atamboyev.