«Qirğizistonda boşqa qöşnilar ham bor», - dedi uşbu davlat prezidenti Almazbek Atamboyev 18 oktabr kuni «Ala-Arça» davlat qarorgohida prezident stipendiantlari oldida Qirğiziston-Qozoğiston çegarasidagi vaziyat haqida töxtalib ötib.
Davlat rahbarining ta'kidlaşiça, Qirğiziston öz mahsulotlarini sotişning boşqa yöllarini ham topişi mumkin - Xitoy, Özbekiston, Tojikiston. Şu bilan birga, u yaxşi qöşniçilik munosabatlari muhimligini qayd etdi.
«Men Qozoğiston prezidenti haqida hissiyot bilan gapirganimda, ehtimol, xato qilgandirman. Men bu haqda şu kunlarda öyladim. Qozoğiston prezidenti öz atrofidagilarga işonadi, prezidentning hamrohlari esa - oligarxlardir. Ehtimol, u men kabi işonuvçandir», - dedi A.Atamboyev.
«Qozoğiston oligarxlari faqatgina Nazarboyevdan keyin nima bölişi va öz pullarini qanday saqlab qoliş haqida öylaşmoqda. Men qöşnilar bilan har doim birodarlik munosabatlarini xohlaganman va xohlamoqdaman. Biz barça qöşnilarimiz bilan tinçlikda yaşaşimiz kerak. Ba'zida biroz sabr qilişimiz kerak, ammo biz öz mustaqilligimizni himoya qilişimiz lozim», - degan Atamboyev.


















